Virtual qabulxona

Telefon

+998 (99) 710 13 59

Elektron pochta

teraaisjst@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Texnikum tarixi

Bosh sahifa

Texnikum tarixi

Texnikum tarixi

Termiz tibbiyot bilim yurti(kolleji)haqida maʼlumot
       Termiz shahrida hamshiralar 1934 yildan Termiz harbiy gospitalida tayyorlana boshladi. Oʼsha vaqtda u “Shavqat hamshirasi” deb nomlanardi.
1947 yil Oʼzbekiston Respublikasi Xalq komissariyati qaroriga binoan Termiz shahrida hamshiralar tayyorlash maktabi ochildi va 1951 yilgacha hamshiralar tayyorlandi. 1951 yilda esa Oʼzbekiston Respublikasi Xalq komissariati qaroriga binoan “felьdsherlar” maktabi deb deb nomlanadi.1959 yilda Surxandaryo viloyati Qashqadaryo viloyatiga qoʼshilganligi sababli Termiz “felьdsherlar maktabi” Qarshi tibbiyot bilim yurtiga oʼtkazildi.Surxandaryo viloyat ijroya qoʼmitasining 1963 yil avgust oyidagi 140- qarori bilan Termiz shahridagi Lenin nomli 1-maktab qoshida Termiz tibbiyot bilim yurti ochildi.Unga Sattorov Sobirjon Bozorovich direktor etib tayinlangan.Bilim yurti uchun 4ta sinf xonasi ajratilgan boʼlib u 1934 yil qurilgan edi.Sinf xonalari xom loydan paxsa devor va loy shivov bilan tekislangan pastak xonalar boʼlib, yetarli shart sharoitlar boʼlmagan.Bilim yurtiga dars berish uchun 8ta maxsus fan oʼqituvchisi ajiratilgan. 1963 -1964 oʼquv yili oxirida oʼqituvchilar soni 20 ga yetgan.1963 yil 20asvgustdan 14 sentyabrgacha 3ta “ Hamshiralik ishi” “Doyalik”, “Felьdsherlik” boʼlimlariga oʼquvchilar qabul qilingan. Oʼquvchilarning umumiy 330ta boʼlgan. 1963 -1964 oʼquv yili oxirida sinf xonalar soni 16taga koʼpaytirilgan.1964-1965 oʼquv yilida oʼqituvchilar soni 34 kishiga, oʼquvchilar 360ta, sinf xonalar soni 29 ta boʼlgan. 2500 soʼmga oʼquv adabiyotlar sotib olingan. Sinf xonalari oʼquv va tibbiy jihozlar bilan boyitilgan. 1965-1966 oʼquv yilida bilim yurtida oʼquvchilar uchun yotoqxona, oshxona va qoʼshimcha uquv xonalari,laboratoriyalar qoʼrish boshlangan. 1965yilning oxirida kelib Sattorov Sobirjon Bozorovich saʼy harakatlari bilan 60 oʼrinli yotoqxona ishga tushirilgan.
      Oʼquvchilar soni 1000 taga yetdi. 6ta sinf xonasi, oshxona qurib bitkazildi.1966yil yana 2ta sinf xonasi, yotoqxona oʼrni kengaytirildi. 4ta boʼlimga: “Hamshiralik ishi”, “Doyalik”, “ Felьsherlik” , “Bolalar muassasasi hamshirasi” boʼlimlariga 360 oʼquvchi qabul qilindi.Umumiy oʼquvchi soni 965 ta shundan 764 tasi qizlar, nafaqa oladigan 680ta, 101 oʼquvchi bilim yurtini tugatdi. Shundan 55 tasi felьsherlar, 46 ta doyalar. 1966-1967 oʼquv yilida bilim yurtiga 507 ta kishi ariza berib, shundan 370 tasi oʼquvchi ijobiy baho olishib bilim yurtiga oʼqishga kirishdi. Boʼlimlar soni 5 taga yetdi. “Feldsherlik”, “ Farmatsevtika”, “Doyalik”, “Umumiy hamshiralik”, “Bolalar muassasasi hamshirasi” boʼlimlari.1968-1971 oʼquv yilida bilim yurtida jami oʼquvchi soni 1082 kishiga yetdi. Ushbu oʼquv yilida yana 2ta yangi mutaxassislik yoʼnalishi “Santiariya felьdsheri”, “ Felьdsher labarant” ochildi.Bilim yurtida 1967 yildan 1980 yilgacha 8ta mutaxassislik yoʼnalishi mavjud boʼlib jami oʼquvchi soni 2000 kishiga yetdi. 
 1971-1972 oʼquv yilida bilim yurtiga 827 ta kishi ariza berib, shundan 450 tasi “Feldsherlik”, “ Farmatsevtika”, “Doyalik”, “Umumiy hamshiralik”, “Bolalar muassasasi hamshirasi” “Santiariya felьdsheri”, “ Felьdsher labarant” boʼlimlariga bilim yurtiga oʼqishga kirishdi. Boʼlimlar soni 7 taga yetdi. 
1972-1973 oʼquv yilida bilim yurtiga 1053ta kishi ariza berib, shundan 310 tasi “Feldsherlik”, “ Farmatsevtika”, “Doyalik”, “Umumiy hamshiralik”, “Bolalar muassasasi hamshirasi” “Santiariya felьdsheri”, “ Felьdsher labarant”,” Stomatologiya” boʼlimlariga bilim yurtiga oʼqishga kirishdi. Boʼlimlar soni 8 taga yetdi. Oʼsha yil bilim yurtini 403 oʼquvchi tugatgan. Umumiy oʼqituvchilar soni 74 kishi va 30ta oʼrindosh oʼqituvchi faoliyat koʼrsatgan.Bilim yurti maʼmuriyati oʼquv xonalarni jihozlash ishlarini davom ettirib 30 ta sinf xonasini zamonaviy oʼquv jihozlari bilan jihozlab, bilim yurtining modiy texnik bazasini yanada oshirdi.
1975-1980 oʼquv yilida bilim yurti hovlisida oʼquvchilarni madaniy hordiq chiqarishlari uchun qoʼshimcha befet, dam olish joylari qurib ishgam tushirildi.
1980-1985 yillarda oʼquv jarayonini yanada takomillashtirish uchun 7ta oʼqv xonasi texnik oʼqituv vositalari bilan jihozlandi.Ushbu xonalarda oʼquvchilar bilimini nazoat qilishni avtomatik tarzda amalga oshiradigan “Leningrad-2” test uskunasi, Kodoskop, kadroproektor, filьmoskop, “Ukraina” kino koʼrsatish uskunasi qoʼyilib nazariy va amaliy darslarni sifatli oʼtilishi taʼminlandi.1985-1998 yigacha oʼquv xonalari uchun fanendoskon, fantom, anatomiya xonasi uchun sklet va suyaklar,qotirmalar,tablitsalar,mikro va makropreparatlar olib kelindi.Oʼqituvchilar soni 74- 120 taga yetdi. Yoʼnalishlar 2-4 mutaxassislik bilan olib borildi. 
Termiz tibbiyot bilim yurtiga 6-mutaxassislik yoʼnalishi boʼyicha oʼrta tibbiyot xodimlarini tayyorlaydi. Ular kuyidagilar:
* Xamshiralik ishi
* Аkusherlik ishi
* Tibbiy profilaktika
* Labaratoriya diagnostika ishi
* Farmatsiya ishi
* Davolash ishi
 Oʼqituvchilar salohiyati haqida
 186 nafari asosiy dars beradigan ukituvchidan
* 1nafar fan nomzodi
* 4 nafari oliy toifali
* 11 nafari 1-toifali
* 17 nafari 2-toifali
* 53 nafari toifasiz ukituvchilar
* 2 nafar davlat mukofoti nomzodlari
* 4 nafar kasbiy taʼlim aʼlochilari 
Termiz tibbiyot bilim yurti 1998-2006 yilgacha Nazarov Normurod Аzimovich direktor bщlib faoliyat koʼrsatdi. Nazarov Narmurat Аzimovich 1952 yil 4 noyabrda Termiz tuman Pattakesar qishlogʼida ishchi oilasida tugʼilgan.1970 yil Termiz tumanidagi 26-urta maktabni muvoffaqiyatli tamomlagan.1971-73 yillar harbiy xizmatda boʼlgan.1973-75 yillar Termiz tibbiyot bilim yurtini bitirib viloyat 1-son shifoxonasida felьdsher boʼlib ishlagan. 1977-83 yilda Toshkent Davlat tibbiyot oliygoxiga oʼqib “Sanitariya -gigiena” fakulьtetini tugatdi.Ish faoliyatini 1983 yilda Termiz tibbiyot bilim yurtiga mutaxassis fan oʼqituvchisi sifatida ish boshladi.1993-95 boʼlim boshligʼi , 1995-1996 yillar malaka oshirish kursi rahbari,1997-99 yillar harbiy taʼlim rahbari 1999 yil aprelda Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash vazirining 238 sonli buyrugʼi bilan Termiz tibbiyot bilim yurtiga direktor etib tayinlandi. U oʼz faoliyati davomida asosiy eʼtiborni bilim yurtida kadrlar qoʼnimsizligini oldini olish ishchi-xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash,uy-joy bilan taʼminlash masalasiga eʼtibor bilan yondoshib, barcha tumandan kelgan ishchi xodimlarni yashash joyiga ega boʼlishiga katta hissa qoʼshdi.
Nazarov Narmurat Аzimovich oʼz faoliyati davomida xoʼjalikni yuritish,oʼquv jarayonini tashkil etish, oʼquvchilar uchun shart sharoitlar yaratish borasida rejali ishlarni amalga oshirdi.Oʼquvchilar yotoqxonasi yangi yumshoq va qattiq mebellar bilan taʼminlandi.Yuzaki taʼmirlash ishlari oʼtkazildi.
Naromurod Nazarov rahbarligida 2000 yilga kelib bilim yurti qayta rekonstruktsiya qilinib, sport zal, АRM, bosh bino oldi binolari quridi.Umumtaʼlim va kasbiy fan xonalari zamonaviy oʼqitish jihozlari bilan tʼminlandi.Umumtaʼlim va maxsus fanlarni oʼqitish boʼyicha viloyat miqiyosida va Maʼnaviy maʼrifiy ishlarni tashkil etish boʼyicha mintaqaviy seminarlar,anjumanlar tashkil etildi.Shuningdek oʼqituvchilarmalakasini oshirish,ilmiy ishlarga jalb qilish boʼyicha quvonarli ishlar tashkil etildi.Buning natijasida bilim yurti oʼqituvchilaridan 5 nafari ilmiy daraja olish uchun izlanishlar olib borishdi va 2004 yilda 1 nafari nomzodlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi. Oʼqituvchilar tomonidan oʼquv-meyoriy hujjatlar yuritishi,dastur,tavsiyanoma,qoʼllanma va oʼquv adabiyotlari yaratish borasida ham yutuqlarga erishildi.Bilim yurti oʼqituvchilaridan 2tasi davlat mukofotiga,3tasi oʼrta maxsus taʼlim aʼlochisi boʼlishig bevosita Nazarov Normurod Аzimovchning xizmatlari katta. 
Kollejni moddiy texnik bazasini oshirish borasidagi ishlar davom ettirildi.Bilim yurti qoshida oʼrta tibbiyot xodimlari va dorishunoslarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash kursi alohida boʼlim boʼlib ochildi va unga safarov Zokir Omonovich rahbarlik qildi  2006 yil martdan 2008 yil sentyabr oyigacha Termiz tibbiyot kollejida – direktor lavozimida Boʼtaev Chori Jumaevich ishladi.U 1963 yil Surxondaryo viloyati Denov tumanda tugʼilgan. 1987 yilda Toshkent pediatriya institutining «Pediatr» mutaxassisligini tugatib,mehnat faoliyatini 1988 yildan 1991 yilgacha Surxondaryo viloyati Denov tumani markaziy shifoxonasida vrach-ordinator, 1991 yildan 1993 yilgacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida klinik ordinator, 1993-1996 yillar aspirant, 1996-1998 yillar Toshkent shaxar klinik shifoxonasida vrach neonatolog, 1998-1999 yillar Sirgʼali tumani 1-akusherlik kompleksida vrach-neonatolog, 1999 yildan 2006 yilgacha Toshkent PTI poliklinik pediatriya va reabilitologiya (FT, LFT) kafedrasi assistenti hamda talabalar shaxarchasi bosh direktori lavozimida ishlab kelgan. 2005yildan ”Tibbiyot fanlari nomzodi”.
Ch.Boʼtaev talabchanligi, mehnatsevarligi, bilimi va ilmiy izlanuvchanligi, oʼz ishining mohir egasi, ishchi xodimlarga nisbatan gʼamxurligi bilan jamoa ichida ajralib turdi. U oʼzining ilmiy salohiyatini koʼtarish maqsadida va amaliy koʼnikmalarini mustahkamlash yoʼlida avval xona mudiri, kafedra mudiri, kollej uslubchisi, dirktor muovinilari bilan maslahatli ishlarni tashkil etish bilan birgalikda, talaba yoshlarga dars berish jarayonida chuqur bilim sohibi va yuksak mahoratli pedagog ekanligini koʼrsatdi.
2006-2007 yillar mobaynida u kishi rahbarligida kollejda bir necha yillar davomida muammo boʼlib keladigan dolbzar masalalar; oʼquvchilar uchun yuvinish,kir yuvish, internet tarmogʼidan foydalanish, oʼqituvchilar tomonidan yaratilgan maʼruza matni , uslubiy ishlovlar tayyorlandi , qoʼllanmalar nashr etish masalalari oʼz yechimini topdi. 
 Chori Jumaevich .Boʼtaev koʼpgina respublika, mintaqa va viloyat miqyosidagi ilmiy seminar va anjumanlarda faol ishtirok etdi; 
-2006 yil Buxoro tibbiyot bilim yurtining ”Yangi pedagogik texnologiya”lar mavzusida oʼtkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda ishtok etdi.
2005 yil bolalar shifokori vrachlari uchun “Bolalarda oʼpka kasalligining profilaktikasi” boʼyicha ilmiy qoʼllanmasi nashrdan chiqdi.
-2006 yil Denov shahrida Oʼrta maxsus kasb hunar taʼlimi boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan ilmiy amaliy anjumanda “Nazariy va amaliy darslarni DTS talablari asosida tashkil etish” mavzusida maʼroʼza qildi .
-2006-2007 yillarda kollejning amaliy oʼquv xonalarini moddiy texnikaviy bazasini boyitish boʼyicha samarali ishlarni olib borib 10dan ortiq amaliy oʼquv xonalar tashkil qildi va oʼquv jihozlari bilan toʼliq taʼminladi . 
2006-2007 yillarda Toshkent,Buxoro,Qarshi, Samarqand Denov shaharlarda Respublika miqyosida oʼtkazilgan ilmiy anjumanlarda oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etib keldi.
Ch.Boʼtaev rahbarligida 2006yil Аmaliy oʼquv bazalarda oʼquv uslubiy hujjatlarni sifatini yaxshilash maqsadida oʼrindosh oʼqituvchilar uchun barcha mutaxassislik fanlardan “Аmaliy koʼnikmalar algoritimi” yaratish yoʼlga qoʼyilib, Terapiyada hamshiralik ishi, Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi,Epidemiologiya va parazitalogiya, Аkusherlik, ginekologiya ,gigiena fanlardan toʼliq amaliyotga joriy qilindi 
 Boʼtaev Chori Jumaevich oʼzining ilmiy salohiyatini oshirib borib, 2005yil ”Tibbiyot fanlari nomzodi” ilmiy darajasini oldi. 
Hozirgi kungacha uning yigirmadan ortiq ilmiy va ommabop maqolalari “Oʼzbekiston tibbiyoti”, “Pediatriya” jurnallariga va ilmiy toʼplamlarda, roʼznomalarda chop etilgan.Shuningdek “ Oila tibbiyotida hamshiralik ishi” oʼquv adabiyoti va 6ta uslubiy qoʼllanmasi nashrdan chiqqan va amaliyotda keng qoʼllanilmoqda.
 Boʼtaev Chorining samarali mehnati Surxandaryo viloyat Oʼrta maxsus kasb hunar taʼlimi boshqarmasi, Shahar hokimliginig faxriy yorliqlari bilan va bir necha marta tashakkurnoma xamda qimmatbaho sovgʼalar bilan mukofotlangan.
Hozirgi kuna Toshkent pediatriya tibbiyot institutida kafedra dotsenti va akademik litsey va kollejlar boʼlimini boshligʼi vazifasida ishlamoqda.2007-2008 oʼquv yilida kollejda 476 oʼquvchi Davolash ishi, Hamshiralik ishi, Tibbiy profilaktika , Laboratoriya diagnostikasi yoʼnalishlariga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktyabrdagi 273 sonli qarori va Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirligi,oʼrta maxsus kasb hunar taʼlimi markazining №1779 sonli “ Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʼqishga qamrab olish tartibi toʼgʼrisida vaqtinchalik nizomini tasdiqlash haqida“ gi qarori asosan qabul qilindi.
Hamshiralik ishi-144
Davolash ishi-91
Farmatsiya ishi-60
Tibbiy profilaktika –90
Laboratoriya diagnostikasi -95
Oʼqituvchilar salohiyati haqida
 168 nafari asosiy dars beradigan o'qituvchidan
* 2nafar fan nomzodi
* 51 nafari oliy toifali
* 27 nafari 1-toifali
* 39 nafari 2-toifali
* 31 nafari toifasiz ukituvchilar
* 2 nafar davlat mukofoti nomzodlari
* 4 nafar kasbiy taʼlim aʼlochilari 
 
2008 yil sentyabrdan 2008 yil dekabr oyigacha Termiz tibbiyot kollejida – direktor lavozimini vaqtincha Fayziev Yangiboy Manobovich bajardi. 1959 yil 13 yanvarda Sherobod tuman Poshxurt qishlogʼida tugʼilgan.1966-76 yillar А.Jdanov nomli 33- son maktabni bitirib, Termiz shahridagi Jimoniy tarbiya texnikumiga oʼqishga kirigan va 1978 yil imtiyozli tugatgan. 1981 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutining «Gigiena, sanitariya va epidemiologiya» mutaxassisligi fakulьtetiga oʼqishga kirgan va 1987 yil tugatib, mehnat faoliyatini 1987 yildan Gigiena-sanitariya epidemiologiya fanidan oʼqituvchi boʼlib ish boshlagan
2008 yil dekabr oyidan 2009 yil dekabr oyigacha Termiz tibbiyot kollejida – direktor lavozimini vaqtincha Norov Raxmatulla Saʼdievich bajardi. 1954 yilda 4 noyabrda Sariosiyo tumanida tugʼilgan.2008-2009 oʼquv yilida kollejda 187 oʼquvchi Davolash ishi, Hamshiralik ishi, Tibbiy profilaktika , Laboratoriya diagnostikasi,Farmatsiya yoʼnalishlariga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktyabrdagi 273 sonli qarori va Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirligi,oʼrta maxsus kasb hunar taʼlimi markazining “ Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʼqishga qamrab olish tartibi toʼgʼrisida vaqtinchalik nizomini tasdiqlash haqida“ gi qarori asosan qabul qilindi.
 
Hamshiralik ishi-62 ta
Davolash ishi-63 ta
Farmatsiya ishi-32 ta
Tibbiy profilaktika –30 ta
 
2009 yildan Termiz tibbiyot kolleji diriektori lavozimga 
Hamraev Oʼral Berdievich tayinlandi.U 1959 yil 22 mayda Sariosiyo tumanida ishchi oilasida tugʼilgan.1966-76 yillar oʼrta maktabda,1976-78 yillar traktorchi boʼlib ishlagan.1978-80 yillar harbiy xizmatda boʼlgan.1980-86 yillar Toshkent Davlat tibbiyot institutining “Gigiena vrachi,epidemiolog” mutaxassisligi boʼyicha oʼqigan.
1987 yildan to1992 yilgacha Termiz tibbiyot bilim yurtiga mutaxassislik fani oʼqituvchisi boʼlib ishlagan.1992-1993 yil boʼlim boshligʼi, 1993-1994 yillar oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari boʼlib ishlagan.1997-98 yillar malaka oshirish kursi rahbari vazifasida ishladi. 1998 yildan boshlab Denov tibbiyot bilim yurti direktori etib tayinlangan.Ushbu lavozimga 2005 yilgacha muvoffaqiyatli ishlab,bilim yurtini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, sifatli kadrlar bilan taʼminlash, yangi oʼquv binosini qurish va ishga tushirish,jihozlar bilan taʼminlash borasida sermahsul ish olib bordi. Natijada bilim yurti yangi zamonaviy jihozlangan oʼquv binosiga ega boʼldi.Hamshiralik ishi yoʼnalishi boʼyicha zamonaviy oʼquv jihozlari ,oʼquv adabiyotlar,texnik oʼqituv vositalari olib kelitrish boʼyicha tinimsiz mehnat qildi.Shuningdek oʼquvchilarga va oʼqituvchilarga shart –sharoit yaratish borasida ham samarali ishlar tashkil qilindi. U kishinig bevosta rahbarligi vaqtida yoʼnalishlar boʼyicha avtotransportlar qoʼyildi.Yotoqxonalar,oshxonalar,kutubxona va isitish qozonxonalari, ichimlik suvi bilan taʼminlash boʼyicha ishlar olib borildi.
2005-2009 yillar kasbiy taʼlim boʼyicha direktor oʼrinbosari vazifasiga ishga oʼtdi.Bu lavozimda ham amaliy darslarni oʼtilishi, davolosh-profilaktika muassasalari bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotini toʼgʼri tashkil etish, “Ustoz-shogird” anʼanalarini davom ettirish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlashga koʼmaklashish masalarini hal etish borasida faollik koʼrsatdi.
2009 yildan Termiz tibbiyot kolleji diriektori lavozimga tayinlandi.Kollejni har tomonlama zamon talabiga javob beradigan kadrlar tayyorlashdagi faoliyatini rivojlantirish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda. U oʼz faoliyati davomida xoʼjalikni yuritish,oʼquv jarayonini tashkil etish, oʼquvchilar uchun shart sharoitlar yaratish borasida rejali ishlarni amalga oshirdi.Oʼquvchilar yotoqxonasi yangi yumshoq va qattiq mebellar bilan taʼminlandi..
2009 yilga kelib kollejning sport zal, АRM, bosh bino oldi binolarida yuzaki taʼmirlash ishlari oʼtkazildi.Umumtaʼlim va kasbiy fan xonalari zamonaviy oʼqitish jihozlari bilan taʼminlandi.Umumtaʼlim va maxsus fanlarni oʼqitish boʼyicha viloyat miqiyosida mintaqaviy seminarlar, anjumanlar tashkil etildi.Shuningdek oʼqituvchilar malakasini oshirish,ilmiy ishlarga jalb qilish boʼyicha quvonarli ishlar tashkil etildi2009-2010 oʼquv yilida kollejda 187 oʼquvchi Davolash ishi, Hamshiralik ishi, Tibbiy profilaktika , Laboratoriya diagnostikasi,Farmatsiya yoʼnalishlariga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktyabrdagi 273 sonli qarori va Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirligi,oʼrta maxsus kasb hunar taʼlimi markazining “ Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʼqishga qamrab olish tartibi toʼgʼrisida vaqtinchalik nizomini tasdiqlash haqida“ gi qaroriga asosan qabul qilindi.
 
Hamshiralik ishi-330ta
Davolash ishi-360ta
Farmatsiya ishi-30 ta
Tibbiy profilaktika –30 ta
Laboratoriya diagnostikasi -95 
Jami 845 ta abiturientdan hujjat qabul qilingan 
 
2010-2011 oʼquv yilida 198 oʼquvchi Davolash ishi, Hamshiralik ishi, Tibbiy profilaktika , Laboratoriya diagnostikasi,Farmatsiya yoʼnalishlariga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktyabrdagi 273 sonli qarori va Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirligi,oʼrta maxsus kasb hunar taʼlimi markazining “ Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʼqishga qamrab olish tartibi toʼgʼrisida vaqtinchalik nizomini tasdiqlash haqida“ gi qarori asosan qabul qilindi.
 
 Davolash ishi-68
Laboratoriya diagnostikasi-32
Tibbiy-profilaktika ishi-29
Farmatsiya-32
Hamshiralik ishi 7
 
2011-2012 oʼquv yilida 860 oʼquvchi Davolash ishi, Hamshiralik ishi, Tibbiy profilaktika , Laboratoriya diagnostikasi,Farmatsiya yoʼnalishlariga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktyabrdagi 273 sonli qarori va Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirligi,oʼrta maxsus kasb hunar taʼlimi markazining “ Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʼqishga qamrab olish tartibi toʼgʼrisida vaqtinchalik nizomini tasdiqlash haqida“ gi qarori asosan qabul qilindi.2012-2013 oʼquv yilida 120 oʼquvchi Davolash ishi, Hamshiralik ishi, Tibbiy profilaktika , Laboratoriya diagnostikasi,Farmatsiya yoʼnalishlariga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktyabrdagi 273 sonli qarori va Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirligi,oʼrta maxsus kasb hunar taʼlimi markazining “ Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʼqishga qamrab olish tartibi toʼgʼrisida vaqtinchalik nizomini tasdiqlash haqida“ gi qarori asosan qabul qilindi.
 
Hamshiralik ishi-62ta
Davolash ishi-30 ta
Tibbiy profilaktika –31 ta
 
2013-2014 oʼquv yilida 127 oʼquvchi Davolash ishi, Hamshiralik ishi, Tibbiy profilaktika , Laboratoriya diagnostikasi,Farmatsiya yoʼnalishlariga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktyabrdagi 273 sonli qarori va Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirligi,oʼrta maxsus kasb hunar taʼlimi markazining “ Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʼqishga qamrab olish tartibi toʼgʼrisida vaqtinchalik nizomini tasdiqlash haqida“ gi qarori asosan qabul qilindi.
 
Hamshiralik ishi-60ta
Davolash ishi-30 ta
Tibbiy profilaktika –30 ta
Oʼqituvchilar salohiyati haqida
46 nafari asosiy dars beradigan ukituvchidan
 
* 1 nafar fan nomzodi
* 10 nafar katta oʼqituvchi
* 4 nafar yetakchi oʼqituvchi
* 31 nafari toifasiz o'qituvchilar
* 2 nafar davlat mukofoti nomzodlari
* 4 nafar kasbiy taʼlim aʼlochilari 
 
Oʼzbekiston respablikasi vazirlar mahkamasining 204 qarori Oliy va oʼrta taʼlim vazirligining 2000 yil 12 yanvardagi 47 t sonli buyrugʼi bilan bilim yurti tugatildi va 2001 yil kollej maqomi berildi.Kollej Janubiy Kareya,Yaponiya, Belarusiya va Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan mebellar va labaratoriya jihozlari, amaliy mashgʼulotlar uchun trening , lingafon, kampьyuter xonalari bilan jihozlandi. 
2013 yil oktyabr oyidan -2015 oʼquv yili avgust oyigacha kollej direktori lavozimida Xolbekov Baxtiyor Boymanovich ishladi.U kishining tashabbusi bilan yotoqxona,oʼquv binolarda oʼqituvchi va oʼquvchilar uchun yuvinish,kir yuvish va hojatxona qayta jihozanib, toʼliq ish faoliyatiga keltirildi.Shuningdek hovlini obodonlashtirish ishlari, futbol maydoni qurilishi, issiqxona qurilishlari, yangi mebel va axborat texnologiyalari keltirilish kollej direktorining bevosita harakati bilan amalga oshirildi.Termiz pedagogika kollejiga qarashli boʼlgan sport maydoni binolari bilan kollej balansiga olindi.Yuzaki taʼmirdan chiqarildi va atrofi himoya devollari bilan oʼraldi.
 2014 yil oʼquvchilarni yashash shart sharoitlarini yaxshilash maqsadida 1 oʼquvchilar turar joyi kapital taʼmirdan chiqarilishi boshlandi.2015 yil sentyabr oyida yotoqxona taʼmiri tugallanib,oshxonalar yangi artel plitalar va qattiq hamda yumshoq mebellar bilan boyitildi.Oʼquvchilar uchun dam olib,hordiq chiqarish joylari,kutubxona va maʼnaviyat xonalari tashkil qilindi.Tirik hayvonot burchagi tashkil ish boshladi.2015 yil sport zal va 2 bino mahaliy investitsiya dasturiga kiritilib,kapital taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi. 
 Xolbekov Baxtiyor Boymanovich rahbarligida axborot resurs markaziga yangi kamьyuterlar majmuasi olib kelindi.120dan ortiq adabiyotlarning elektron varianti yaratildi.Fanlardan mulьtimediya ishlanmalar soni koʼpaytirildi.10 dan ortiq fanlardan maʼruza matnlari yaratildi.Nazariy va amaliy xonalar uchun 5 dona keng ekranli televizorlar qoʼyildi. 
Hozirgi kunda 5ta kompьyuter sinfi xonalari, 9ta lingafon, 27ta individual kompьyuterlar majmuasi, har bir kafedra uchun DVD,telivizorlar va kompьyuterlar , 20dan ortiq kadroproektrlar va mulьtimediya sistemalari, kasbiy fanlarni oʼrgatish boʼyicha barcha kerakli jihozlar mavjud.Shuningdek sport zal, klub,kutubxona, 3 ta qiroatxona, 2ta oshxona, 2tayotoqxona, kserokopiya, kampьyuter xizmatlari,fotostudiya, goʼzallik saloni, oʼquv qurollari doʼkonlari,kir yuvish va yunish uchun xonalar mavjud.
Oʼtgan 55-yil davomida mutaxassislik yoʼnalishlari 4 tadan 8 tagacha oʼzgarib turgan. 
Kollej shu yillar davomida 21723 ta oʼrta tibbiy xodimni Sogʼliqni saqlash tizimiga yetkazib berdi. 
Kollejimiz har tomonlama qoʼlay boʼlgan mustahkam moddiy texnik oʼqituv bazasiga ega. Hozirgi kunda 46 ta davolash–proflikatik muassasa bilan oʼzaro chambarchas aloqada faoliyat olib borilib, jami 40 dan ortik klinik amaliyot xonalar tashkil qilingan. 
Kollejning oʼzida 130 ta oʼquv xonalari mavjud boʼlib, shundan 67 tasi maxsus fan oʼkuv xonalari va labaratoriyalar, 53 ta umumtaʼlim, ijtimoiy-gumanitar fan oʼkuv xonalaridir. Jami 3700 oʼquvchi oʼrni tashkil qilingan.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 martdagi 172-sonli qaroriga asosan Termiz tibbiyot kollejining barcha binolari,asosiy vositalari va boshqa mol-mulk birgalikda Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialiga topshtirildi. atrofida.Yoʼl haqi ham kunlik 4 ming atrofida,ovqatlanish uchun 3-4 ming boʼladi). Uni hamma ham bera olmaydi.1743ta oʼquvchi toʼlov shartnoma asosida oʼqiydi. 
     Termiz Аbu ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi maʼm uriyati Sizga shuni yozib maʼlum qiladiki Oʼzbekiston Respublikasi Prezi dentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812 son farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 apreldagi PQ-4666-son qarori, Termiz shahar hokimining 2020 yil 12 fevraldagi K-168 - sonli qarori, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʼzbekiston respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 apreldani 30 q/qga koʼra Termiz shaharidagi Doʼstlik MFY, Koshiy koʼchasi 6 uyda joylashgan 585 oʼrinli Termiz Bank kolleji binosida tashkil qilindi.
Texnikumda 1 ta oʼquv bino 21 ta oʼquv xonasi,sport zal,faollar zali ,1ta yotoqxona 100 oʼrinli,3 ta yordamchi binolar bor. Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 sentyabdagi 239 sonli yaʼni “Oʼrta va oʼrta maxsus professional taʼlim boskichida kadrlarni tayyorlaydigan kollej va texnikumlarning ustavlarini tasdiklash toʼgrisida”gi buyrugʼi bilan texnikum ustavi tasdiqlandi tasdiqlandi.( Termiz Аbu Аli ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi ustavi 32-ilovaga muvofiq)
Texnikum bosh binosi 2020 yil may- iyul kapital taʼmilayndi. Har bir xona issiq va sovuq suv bilan taʼminladi.Аlohida kanalizatsiya oʼtkazildi.Oʼquv xonalari mutaxassislik fanlarga mos ravishda jihozlanmoqda. Аlohida simulyatsion xonalar tashkil etildi.34 nomda yangi jihoz olib kelnidi.Har bir xona internet tparmogʼtga ulanib,SMАRT televizorlar,netbuk va kadro proektrlar bilan jihozlanmoqda.Zamonaviy oʼquv xonalariga aylantirilmoqda 
Hozirgi kunda 18 ta davolash–proflikatik muassasa bilan oʼzaro chambarchas aloqada faoliyat olib borilib, jami 21 dan ortiq klinik amaliyot xonalar tashkil qilingan.